Fransiya parlamenti 1962-yildan beri birinchi marta hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi. Shu tariqa, bosh vazir Mishel Barne hukumati tashkil etilganidan uch oy o‘tib quladi. Votumga Barnening kelasi yil byudjetini parlament bilan kelishmasdan tasdiqlash qarori sabab bo‘ldi.
Parlament saylovlaridan ikki oy o‘tib, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sobiq yevrokomissar va Fransiya Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Mishel Barneni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi. 73 yoshli siyosatchi Fransiya tarixidagi eng keksa bosh vazirga aylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting